Tarkibga o'tish

Bemorlar

Bemorlar sahifasi — klinikaning kartotekasi: bemor shu yerda qo'shiladi, topiladi va uning kartasi ochiladi.

Kimga kerak

Admin, Menejer, Shifokor va Qabulxona.

Imkoniyat Admin Menejer Shifokor Qabulxona
Qarz ustuni va «Qarzdorlar» filtri ha ha yo'q yo'q
CSV eksport ha ha ha yo'q
Kasallik tarixi ha ha ha yo'q
Bemorni o'chirish ha yo'q yo'q yo'q

Ekran tuzilishi

Tepada to'rtta ko'rsatkich (jami bemorlar, ko'rsatilayotganlar, qarzdorlar, sahifa), pastida jadval: MRN, bemor, telefon, email, qo'shilgan sana, qarz va amallar. MRN — tizim har bir bemorga beradigan raqam, masalan PT-00001.

Bemorlar ro'yxati
Bemorlar ro'yxati: ko'rsatkichlar va jadval

Ro'yxatdagi qatorni bossangiz, «Bemor ma'lumotlari» oynasi ochiladi: aloqa ma'lumotlari, qarzdorlik va oxirgi tashriflar. Pastida uchta tugma bor.

Tugma Nima ochadi
Tahrirlash Bemor ma'lumotlarini o'zgartirish oynasi
Dent. karta Tish kartasi
Tarix Kasallik tarixi
«Bemor ma'lumotlari» oynasi
«Bemor ma'lumotlari» oynasi: qarzdorlik, oxirgi tashriflar va uchta tugma

Bosqichma-bosqich

Bemorni topish

Qidiruv maydoniga ism, MRN yoki email yozing; natija yozish to'xtagach o'zi chiqadi.

Yangi bemor qo'shish

  1. Yangi bemor tugmasini bosing.
  2. Ism Familiya, Tug'ilgan sana va Telefon ni kiriting — bular majburiy.
  3. Jins ni tekshiring: u oldindan «Erkak» turadi. Email va manzil ixtiyoriy.
  4. Saqlash ni bosing.

Tahrirlash va o'chirish

Admin istalgan bemorni tahrirlaydi. Menejer, Shifokor va Qabulxona faqat o'zi kiritgan bemorni tahrirlay oladi.

Bemorni faqat Admin o'chiradi. Tizim usulni o'zi tanlaydi va oynada oldindan ko'rsatadi:

  • Bemorda hisob-faktura yoki protez buyurtmasi bo'lsa — Anonimlashtirish: shaxsiy ma'lumot, kasallik tarixi, tish kartasi va rentgenlar o'chadi, moliyaviy yozuvlar «O'chirilgan bemor» nomi bilan qoladi.
  • Moliyaviy yozuv bo'lmasa — O'chirish: bemor va barcha yozuvlari butunlay o'chadi.

Ikkala holda ham «Bu amalni qaytarib bo'lmasligini tushunaman» katakchasini belgilash shart. Bemorning kelajakdagi qabullari avtomatik bekor qilinadi.

Cheklovlar

  • Telefon raqami bo'yicha qidiruv ishlamaydi.
  • Ro'yxat eng yangi qo'shilgan 20 ta bemorni ko'rsatadi va sahifa almashtirish tugmasi yo'q. Eskiroq bemorga qidiruv orqali yetiladi.
  • «Qarzdorlar» filtri faqat ekrandagi 20 ta bemor ichidan saralaydi.
  • Tizim takroriy bemorni tekshirmaydi: bir xil ism va telefon bilan ikkinchi karta ochilib ketadi. Qo'shishdan oldin bemorni qidirib ko'ring.

Tez-tez beriladigan savollar

«Faqat o'zingiz kiritgan ma'lumotni tahrirlash mumkin» chiqdi. Bemorni boshqa xodim kiritgan. O'sha xodim yoki Admin tahrirlaydi.