Tarkibga o'tish

Boshlang'ich sozlash

Klinika ro'yxatdan o'tgach, birinchi bemorni qabul qilishdan oldin oltita narsani sozlash kerak. Tartib muhim: keyingi qadam oldingisiga tayanadi.

Bosqichma-bosqich

  1. Klinika ma'lumotlari. Profil → Klinika yorlig'ida nom, manzil, telefon va QQS stavkasini kiriting; logoni yuklang.
  2. Ish vaqti. Sozlamalar → Ish vaqti da hafta kunlari, tanaffus va bayramlarni belgilang. Qabul faqat ish vaqtiga yoziladi.
  3. Xizmat turlari. Sozlamalar → Xizmat turlari da xizmatlar va narxlarini kiriting. Xizmat turisiz qabul ham, tashrif ham saqlanmaydi.
  4. Foydalanuvchilar va xodimlar. Tizimga kiradigan hisoblarni Profil → Foydalanuvchilar da, kadr yozuvlarini Xodimlar sahifasida oching.
  5. Ombor. Ombor → Omborlar da kamida bitta ombor oching va materiallarni buyurtma orqali kiriting. Ishxonada tashrif saqlash uchun kamida bitta material kerak.
  6. Protez. Protez bilan ishlasangiz, laboratoriyani yetkazib beruvchi sifatida, protez turlarini Sozlamalarda qo'shing.

Shundan keyin birinchi bemorni Bemorlar sahifasida qo'shib, Qabullar da qabulga yozasiz.