Boshlang'ich sozlash¶
Klinika ro'yxatdan o'tgach, birinchi bemorni qabul qilishdan oldin oltita narsani sozlash kerak. Tartib muhim: keyingi qadam oldingisiga tayanadi.
Bosqichma-bosqich¶
- Klinika ma'lumotlari. Profil → Klinika yorlig'ida nom, manzil, telefon va QQS stavkasini kiriting; logoni yuklang.
- Ish vaqti. Sozlamalar → Ish vaqti da hafta kunlari, tanaffus va bayramlarni belgilang. Qabul faqat ish vaqtiga yoziladi.
- Xizmat turlari. Sozlamalar → Xizmat turlari da xizmatlar va narxlarini kiriting. Xizmat turisiz qabul ham, tashrif ham saqlanmaydi.
- Foydalanuvchilar va xodimlar. Tizimga kiradigan hisoblarni Profil → Foydalanuvchilar da, kadr yozuvlarini Xodimlar sahifasida oching.
- Ombor. Ombor → Omborlar da kamida bitta ombor oching va materiallarni buyurtma orqali kiriting. Ishxonada tashrif saqlash uchun kamida bitta material kerak.
- Protez. Protez bilan ishlasangiz, laboratoriyani yetkazib beruvchi sifatida, protez turlarini Sozlamalarda qo'shing.
Shundan keyin birinchi bemorni Bemorlar sahifasida qo'shib, Qabullar da qabulga yozasiz.