Перейти к содержанию

Moliya

Moliya sahifasida hisob-fakturalar yuritiladi va bemordan to'lov qabul qilinadi.

Kimga kerak

Admin va Menejer. Menejer kirgach shu sahifaga tushadi.

Imkoniyat Admin Menejer
Ro'yxatda ko'radigan fakturalar Hammasi Faqat o'zi yaratgani
Umumiy, To'lov, Qarz ustunlari va yig'ma ko'rsatkichlar ha yo'q
Yangi faktura ochish, to'lov qabul qilish ha ha
Tasdiqlash, tahrirlash, bo'lib to'lash ha yo'q
Bekor qilish va o'chirish ha yo'q

Ekran tuzilishi

Tepada to'rtta ko'rsatkich: umumiy aylanma, to'langan, ochiq qarz, muddati o'tgan. Ostida «Qarz tarkibi» — qarzning 0–30, 31–60 va 60+ kunlik bo'laklari. Keyin sana va holat filtrlari hamda fakturalar jadvali.

Moliya sahifasi
Moliya: ko'rsatkichlar, qarz tarkibi, filtrlar va fakturalar jadvali («Hammasi» sanasi tanlangan)
Holat Ma'nosi Keyin o'tadi
Qoralama Tashrif saqlanganda yoki qo'lda yaratilganda ochiladi; to'lov qabul qilinmaydi Yuborilgan, Bekor
Yuborilgan Tasdiqlangan; summa bemor qarzi bo'lib turadi Qisman, To'langan, Muddati o'tgan, Bekor
Qisman Bir qismi to'langan To'langan, Muddati o'tgan
Muddati o'tgan To'lov muddati o'tib ketgan; to'lov qabul qilinadi —
To'langan To'liq yopilgan —
Bekor Bekor qilingan; Admin butunlay o'chira oladi —

Qator oxiridagi belgilar: ✓ — Tasdiqlash, karta — To'lov, uch chiziq — Bo'lib to'lash, qalam — Tahrirlash, ✕ — Bekor qilish.

Bosqichma-bosqich

To'lov qabul qilish

  1. Fakturani toping: bemor, hisob raqami yoki summa bo'yicha qidiring yoki Qarzlar filtrini yoqing.
  2. Faktura «Qoralama» bo'lsa, Tasdiqlash ni bosing. Bu amal faqat Adminda bor. Chegirma va to'lov muddati tasdiqlashdan oldin kiritiladi.
  3. To'lov ni bosing.
  4. Summa ni kiriting yoki To'liq tugmasini bosing, To'lov usuli ni tanlang: Naqd pul, Plastik karta, Bank o'tkazmasi, Sug'urta yoki Boshqa.
  5. Pastdagi To'lov — summa tugmasi bilan tasdiqlang.
«To'lov qilish» oynasi
«To'lov qilish» oynasi: summa, to'lov usuli va to'lovlar tarixi

To'liq bo'lmagan to'lovdan keyin faktura «Qisman» holatiga o'tadi. Har bir to'lov shu oynadagi «To'lovlar tarixi» da turadi.

Qo'lda faktura ochish

  1. Yangi faktura ni bosing va bemorni tanlang.
  2. Kamida bitta xizmat qatoriga nom, narx va sonini yozing.
  3. Yaratish ni bosing. Faktura «Qoralama» bo'lib ochiladi.

Cheklovlar

  • Ro'yxat oldindan «Bu oy» sanasi bilan ochiladi; eskiroq faktura ko'rinmasa, sana filtrini «Hammasi» ga o'tkazing.
  • To'lov summasi qolgan qarzdan katta bo'lolmaydi.
  • Qoralama va bekor qilingan fakturaga to'lov qabul qilinmaydi.
  • Xato kiritilgan to'lovni faqat Admin o'chiradi.

Tez-tez beriladigan savollar

«Qoralama hisob-fakturaga to'lov qo'shib bo'lmaydi» chiqdi. Faktura hali tasdiqlanmagan. Admin Tasdiqlash ni bosadi, shundan keyin to'lov qabul qilinadi.