Ishxona¶
Shifokor tashrifni Ishxona sahifasida yozadi: bitta Saqlash xizmatlarni, sarflangan material va vaqtni qayd etadi va bemorga hisob-faktura ochadi.
Kimga kerak¶
Admin, Menejer va Shifokor. Shifokor kirgach shu sahifaga tushadi.
Ekran tuzilishi¶
Sahifa ochilganda «Bemorni tanlang» oynasi chiqadi. Bemor tanlangach ekran uch qismga bo'linadi.
| Qism | Nima bor |
|---|---|
| Chap | Bemor, so'nggi tashriflar, sertifikat va kasalliklar, dastlabki va hozirgi tish holati, rentgen rasmlari |
| O'rta | Tish kartasi: 32 ta tish |
| O'ng | Davolash rejasi va to'rt bo'lim: Xizmatlar, Materiallar, Sarflangan vaqt, Keyingi qadam |
Pastdagi to'liqlik halqasi nechta bo'lim to'ldirilganini ko'rsatadi; yonida jami summa, bog'langan qabul va yetishmayotgan narsa yoziladi.
Bosqichma-bosqich¶
- Bemorni tanlang yoki Qabullar sahifasidagi Boshlash orqali keling. Tizim bemorning bugungi qabulini o'zi bog'laydi.
- O'rtadagi kartada davolanayotgan tishlarni belgilang.
- Xizmatlar da ko'rsatilgan xizmatlarni tanlang. Narxni shu yerda o'zgartirish mumkin. Har bir xizmatga uni bajargan xodimni belgilang.
- Materiallar da sarflangan materialni tanlang yoki qidirib qo'shing va miqdorini kiriting. Kamida bitta material bo'lishi shart.
- Sarflangan vaqt da boshlanish va tugash soatini kiriting yoki 15, 30, 45, 60 daqiqalik tayyor tanlovni bosing.
- Keyingi qadam da Yakunlash yoki Keyingi qabulga yozish ni tanlang. Ikkinchisida shifokor, xizmat turi, sana va soat so'raladi.
- Saqlash ni bosing.
Saqlangach tizim quyidagilarni o'zi bajaradi:
- Qabul «Yakunlangan» holatiga o'tadi. Bemor qabulsiz kelgan bo'lsa, «Navbatsiz» turidagi qabul yozuvi yaratiladi.
- Bemorning bugungi hisob-fakturasiga xizmatlar qo'shiladi; faktura bo'lmasa, yangi qoralama ochiladi. To'lov Moliya sahifasida qabul qilinadi.
- Materiallar ombordan chiqim qilinadi.
- Keyingi qabul tanlangan bo'lsa, u 60 daqiqaga yoziladi.
Cheklovlar¶
- Omborda material yetmasa, «Materiallar yetarli emas» oynasi chiqadi. Ha, davom eting ni bossangiz, kamomad manfiy qoldiq bo'lib yoziladi va keyingi kirimda to'g'rilanadi.
- Xodim qatoridagi Qo'shish tugmasi tizimda yangi xodim yozuvini ochadi. Mavjud xodimni ro'yxatdagi ismidan belgilang; bu tugmani faqat chindan yangi xodim uchun ishlating.
Tez-tez beriladigan savollar¶
| Saqlashda chiqqan xabar | Nima yetishmayapti |
|---|---|
| Bemor tanlanmagan | Bemorni tanlang |
| Kamida bitta xizmat tanlang | Xizmatlar bo'limi bo'sh |
| Xizmat ko'rsatuvchini tanlang | Biror xizmatga xodim belgilanmagan |
| Kamida bitta material tanlang | Materiallar bo'limi bo'sh |
| Vaqtni to'g'ri kiriting | Tugash vaqti boshlanishdan oldin yoki teng |
| Keyingi qabul uchun xizmat turini tanlang | Keyingi qabul formasida xizmat turi yo'q |