Перейти к содержанию

Savollar va xabarlar

Ko'p muammo uch sababdan chiqadi: rolga ruxsat yo'q, oldingi qadam bajarilmagan yoki majburiy maydon bo'sh. Quyida eng ko'p uchraydigan holatlar va yechimi.

Holat yoki xabar Sababi Nima qilish kerak
Sahifani ochsam, boshqa sahifaga o'tib ketadi Rolingizga bu sahifa ochiq emas Admindan rolingizni tekshirishni so'rang
«Faqat o'zingiz kiritgan ma'lumotni tahrirlash mumkin» Yozuvni boshqa xodim kiritgan O'sha xodim yoki Admin tahrirlaydi
«Admin kiritgan ma'lumotni manager o'zgartira olmaydi» Menejer Admin yozuvini o'zgartirmoqchi Adminga murojaat qiling
Bemor ro'yxatda ko'rinmayapti Ro'yxat faqat oxirgi 20 tani ko'rsatadi Ism, MRN yoki email bo'yicha qidiring
Qabul saqlanmayapti Klinika shu vaqtda yopiq yoki shifokor band Boshqa soat tanlang; ish vaqtini Sozlamalarda tekshiring
Ishxonada «Saqlash» o'tmayapti To'rt bo'limdan biri to'lmagan Xizmat, xodim, kamida bitta material va to'g'ri vaqt kiritilganini tekshiring
«Qoralama hisob-fakturaga to'lov qo'shib bo'lmaydi» Faktura hali tasdiqlanmagan Admin Moliya sahifasida «Tasdiqlash» ni bosadi
«To'lov summasi qolgan qarzdan katta» Kiritilgan summa qoldiqdan ko'p Xabardagi qolgan qarzdan oshirmang
Moliyada faktura ko'rinmayapti Sana filtri «Bu oy» da turibdi Filtrni «Hammasi» ga o'tkazing
Tish kartasidagi o'zgarish yo'qolgan «Tish holatlarini saqlash» bosilmagan Holatlarni qayta belgilab, saqlang
«Bu xizmat ishlatilgan, o'chirib bo'lmaydi» Xizmat tashriflarda qatnashgan Xizmatni «Yashirish» bilan nofaol qiling
Profilda «Xabarlar» yorlig'i yo'q Yorliq tarifga bog'liq Maxsus yoki VIP tarifga o'ting
«Klinika xizmati to'xtatilgan» Obuna to'lovi kechikkan Admin Profil → To'lovlar orqali to'lovni yuboradi
Tizim o'zi chiqarib yubordi Sessiya tugagan yoki parol o'zgartirilgan Qayta kiring
«Juda ko'p so'rov yuborildi» Qisqa vaqtda ko'p amal bajarildi Bir daqiqa kutib, davom eting
«Server javob bermadi» yoki «Serverga ulanib bo'lmadi» Aloqa uzilgan yoki server band Internetni tekshiring, sahifani yangilang

Javob topilmasa, menyudagi Yordam oynasidan Musbat Dental bilan bog'laning.