Hisobotlar¶
Hisobotlar sahifasi tanlangan davr uchun klinikaning pul, xizmat va foyda ko'rsatkichlarini beshta yorliqda yig'ib beradi.
Kimga kerak¶
Sahifa hamma rolga ochiq, lekin umumiy tushum, yig'ilgan pul va jami qarz yig'indilarini faqat Admin ko'radi.
Sahifa menyuda yo'q. Admin unga Boshqaruv panelidagi «Tezkor o'tish» →
Hisobotlar orqali kiradi; qolganlar manzil qatoriga de.musbat.uz/reports
deb yozadi.
Ekran tuzilishi¶
Davr tepadagi tugmalar bilan tanlanadi: Hammasi, Bu oy, Bu hafta, Bugun.
| Yorliq | Nima ko'rsatadi |
|---|---|
| Moliya | Jami hisob-faktura, yig'ilgan pul, jami qarz, muddati o'tgan summa; to'lov usullari bo'yicha taqsimot; kunlik daromad |
| Xizmatlar | Har bir xizmat necha marta ko'rsatilgani, daromadi va o'rtacha narxi |
| Amortizatsiya | Asbob va jihozlarning narxi, kutilgan qabullar soni, har qabulga tushadigan va jami amortizatsiya |
| Qabullar | Har bir tashrif bo'yicha tushgan pul, xarajat va foyda |
| Protezlar | Laboratoriyalar yuklamasi: aktiv va muddati o'tgan buyurtmalar, 30 kunlik marja |
Moliya yorlig'idagi kartochkani bossangiz, uning ostidagi fakturalar ro'yxati ochiladi: barcha, to'langan, qarzli yoki muddati o'tgan.
Foyda qanday hisoblanadi¶
Qabullar yorlig'ida foyda kassa asosida hisoblanadi: davr ichida haqiqatda tushgan pul minus haqiqatda to'langan xarajat. Har bir tashrif xarajati besh qismdan yig'iladi: maosh, materiallar, amortizatsiya, laboratoriya va boshqalar.
«Kutilayotgan daromad» — yozilgan, lekin hali undirilmagan summa; u foydaga kirmaydi. «Tushgan pul» bilan uning orasidagi farq — bemorlar qarzi.
Cheklovlar¶
Hisobot to'g'ri chiqishi uchun uchta narsa kiritilgan bo'lishi kerak:
- Mahsulotlarning sotib olish narxi — aks holda material tannarxi noma'lum bo'lib, foyda oshib ko'rinadi va sahifa bu haqda ogohlantiradi.
- Asbob va jihozlarning «Qabullar soni» — busiz Amortizatsiya yorlig'i bo'sh turadi.
- Xodimlarning maosh turi va summasi.
Kunlik daromad, amortizatsiya va qabullar jadvallarini CSV qilib yuklab olish mumkin.