Перейти к содержанию

Qabullar

Qabullar sahifasida bemor shifokorga yoziladi, haftalik jadval ko'riladi va har bir qabulning holati yuritiladi.

Kimga kerak

Admin, Menejer, Shifokor va Qabulxona. Qabulxona kirgach shu sahifaga tushadi. Shifokor ro'yxatda faqat o'zi kiritgan qabullarni ko'radi.

Ekran tuzilishi

Qabullar sahifasi
«Bu hafta» yorlig'i: chapda hafta kunlari, o'ngda tanlangan kunning qabullari
Yorliq Nima ko'rsatadi
Bu hafta Dushanbadan yakshanbagacha kun-kun jadval
Bugun Shu hafta jadvali, bugungi kun tanlangan holda
O'tgan Kechagacha bo'lgan qabullar ro'yxati, 20 tadan
Kelajakdagi Ertadan keyingi qabullar ro'yxati, 20 tadan
Barchasi Hamma qabullar ro'yxati, 20 tadan

Ro'yxatni bemor, shifokor va holat bo'yicha toraytirasiz; Tozalash filtrlarni bekor qiladi. Hafta ko'rinishida yopiq kun va bayramlar «YOPIQ» va «BAYRAM» belgisi bilan turadi.

Bosqichma-bosqich

Yangi qabul yozish

  1. Yangi qabul tugmasini bosing yoki kun jadvalidagi bo'sh soatni bosing — sana va soat o'zi to'ladi.
  2. Bemor ni ism yoki MRN bo'yicha qidirib tanlang. Bemor bazada bo'lmasa, shu oynadagi + Yangi bemor orqali qo'shing.
  3. Shifokor va Xizmat turi ni tanlang.
  4. Kerak bo'lsa Tashrif turi (oldindan «Davolash») va Davomiyligi ni (oldindan 30 daqiqa) o'zgartiring.
  5. Sana va Vaqt ni kiriting, Saqlash ni bosing.
«Yangi qabul» oynasi
«Yangi qabul» oynasi

Tashrif turlari: Davolash, Konsultatsiya, Kuzatuv, Shoshilinch, Ko'rik.

Qabulni boshlash

Bemor kelganda qabuldagi Boshlash ni bosing: Ishxona shu bemor bilan ochiladi. Tugma bugungi va o'tgan kunlardagi, hali yakunlanmagan qabullarda ko'rinadi.

Qabul holatini o'zgartirish

Status tugmasi ro'yxat ko'rinishidagi qatorda (O'tgan, Kelajakdagi, Barchasi yorliqlari) va qabul tafsilotlari oynasida turadi. Hafta jadvalidagi kartochkada faqat Boshlash va Tahrirlash bor.

Tugma faqat joriy holatdan ruxsat etilgan keyingi holatlarni taklif qiladi.

Holat Keyin o'tishi mumkin
Yozilgan Tasdiqlanmagan, Tasdiqlangan, Kutmoqda, Shoshilinch, Qayta yozilgan, Bekor qilingan
Tasdiqlanmagan Tasdiqlangan, Qayta yozilgan, Bekor qilingan
Tasdiqlangan Kutmoqda, Qabulda, Kechiktirilgan, Shoshilinch, Qayta yozilgan, Kelmagan, Bekor qilingan
Kutmoqda Qabulda, Shoshilinch, Kelmagan, Bekor qilingan
Qabulda Yakunlangan, To'lov kutilmoqda, Kechiktirilgan, Bekor qilingan
Kechiktirilgan Tasdiqlangan, Kutmoqda, Qabulda, Qayta yozilgan, Bekor qilingan
Shoshilinch Qabulda, Kutmoqda, Bekor qilingan
Qayta yozilgan Yozilgan, Bekor qilingan
To'lov kutilmoqda Yakunlangan, Qarzdor, Bekor qilingan
Yakunlangan, Bekor qilingan, Kelmagan, Qarzdor Yakuniy holat — o'zgartirib bo'lmaydi

Cheklovlar

Tizim ikki narsani tekshiradi va mos kelmasa qabulni saqlamaydi:

  • Klinika ish vaqti. Yopiq kun, bayram, ish vaqtidan tashqari soat yoki tanaffusga yozilsa, sana kiritilishi bilan ogohlantirish chiqadi.
  • Shifokor bandligi. Shu vaqtda shifokorning boshqa qabuli bo'lsa, «Shifokor … oralig'ida band» xabari chiqadi.

Qabulni o'chirib bo'lmaydi — u «Bekor qilingan» holatiga o'tkaziladi va bunda sabab yozish majburiy.

Tez-tez beriladigan savollar

Qabul tafsilotlari qayerda? Ro'yxat ko'rinishida qatorni bosing. Admin va Menejer u yerda bemorning qarzini ham ko'radi.

Ro'yxatni yuklab olsa bo'ladimi? Ha, CSV tugmasi bilan.