Перейти к содержанию

Profil va klinika

Profil sahifasida shaxsiy ma'lumot, tizim foydalanuvchilari va klinika sozlamalari turadi. U menyu pastidagi o'z ismingiz orqali ochiladi.

Kimga kerak

Yorliq Nima bor Kim ko'radi
Shaxsiy Ism, email, telefon, parolni o'zgartirish, ikki bosqichli himoya Hamma
Xabarlar Eslatmalar va yordam so'rovlari Maxsus va VIP tarifdagi klinikalar
Foydalanuvchilar Tizimga kiradigan hisoblar va rollar Admin, Menejer
Logo Klinika logosi: PNG, JPG yoki SVG, 2 MB gacha Admin, Menejer
Klinika Nom, manzil, telefon, QQS stavkasi Admin, Menejer
Tariflar, To'lovlar Obuna va uning to'lovlari Admin
Xavfli hudud Ma'lumot eksporti, tozalash, akkauntni o'chirish Faqat klinika egasi

Bosqichma-bosqich

Tizimga kiradigan foydalanuvchi qo'shish

  1. Foydalanuvchilar yorlig'ini oching.
  2. Ism Familiya, Email va Parol ni kiriting, Rol ni tanlang: Menejer, Shifokor, Qabulxona yoki Xodim.
  3. Saqlang va email bilan parolni xodimga bering.
Foydalanuvchilar yorlig'i
Profil: «Foydalanuvchilar» yorlig'i

Email tizimda allaqachon bo'lsa, «Mavjud foydalanuvchi» xabari chiqadi: yangi parol yaratilmaydi, faqat rolni tanlab Klinikaga qo'shish ni bosasiz. Shu yorliqda rollar va ruxsatlar jadvali ham turadi.

Ikki bosqichli himoyani yoqish

  1. Shaxsiy yorlig'ida 2FA ni yoqish ni bosing.
  2. Ko'rsatilgan kalitni Google Authenticator yoki Authy ilovasiga qo'shing.
  3. Ilova bergan 6 xonali kodni kiriting va Yoqish ni bosing.

O'chirish uchun joriy parol so'raladi.

QQS stavkasini kiritish

Klinika yorlig'ida QQS stavkasi (%) ni kiriting. QQS narx ichida hisoblanadi: stavka bemor to'laydigan summani o'zgartirmaydi, faqat undan soliq ajratadi. 0 — QQS yoqilmagan.

Klinika yorlig'i
Profil: «Klinika» yorlig'i — nom, manzil, telefon va QQS stavkasi

Cheklovlar

  • Admin rolini berib bo'lmaydi — u faqat klinikani ro'yxatdan o'tkazgan odamda bo'ladi.
  • Foydalanuvchini tahrirlash va klinikadan chiqarish faqat Adminda.
  • Yangi QQS stavkasi faqat undan keyin ochilgan hisob-fakturalarga tegadi.
  • Xavfli hududdagi tozalash va o'chirish klinika nomini va parolni yozib tasdiqlanadi. Akkaunt 30 kundan keyin butunlay o'chadi; shu muddat ichida Boshqaruv panelidagi Tiklash bilan bekor qilish mumkin.
  • Eksport fayliga rentgen rasmlari kirmaydi.