Ro'yxatdan o'tish¶
Yangi klinika ro'yxatdan o'tish sahifasida ochiladi. Klinikani ochgan odam avtomatik Admin bo'ladi; qolgan xodimlarni u keyin Profil orqali qo'shadi.
Bosqichma-bosqich¶
- Kirish sahifasida Ro'yxatdan o'ting havolasini bosing.
- Tarifni tanlang.
- Email, Parol (kamida 8 belgi), Parolni tasdiqlash va Klinika nomi ni kiriting. To'liq ism ixtiyoriy.
- Foydalanish shartlarini oxirigacha o'qib, Qabul qilaman ni bosing — busiz forma yuborilmaydi.
- Tasdiqlash kodi yuborish ni bosing.
- Emailga kelgan 6 xonali kodni kiriting va Ro'yxatdan o'tish ni bosing.
Cheklovlar¶
- Kod 3 daqiqa amal qiladi.
- Kodni qayta yuborish 60 soniyadan keyin ochiladi.
- Besh marta noto'g'ri kod kiritilsa, forma 2 daqiqaga qulflanadi.
- Bitta email bilan faqat bir marta ro'yxatdan o'tiladi.
Tez-tez beriladigan savollar¶
Kod kelmadi, nima qilay? Spam jildini tekshiring, 60 soniyadan keyin Qayta yuborish ni bosing. Email xato yozilgan bo'lsa, Email o'zgartirish bilan tuzating.