Savollar va xabarlar¶
Ko'p muammo uch sababdan chiqadi: rolga ruxsat yo'q, oldingi qadam bajarilmagan yoki majburiy maydon bo'sh. Quyida eng ko'p uchraydigan holatlar va yechimi.
| Holat yoki xabar | Sababi | Nima qilish kerak |
|---|---|---|
| Sahifani ochsam, boshqa sahifaga o'tib ketadi | Rolingizga bu sahifa ochiq emas | Admindan rolingizni tekshirishni so'rang |
| «Faqat o'zingiz kiritgan ma'lumotni tahrirlash mumkin» | Yozuvni boshqa xodim kiritgan | O'sha xodim yoki Admin tahrirlaydi |
| «Admin kiritgan ma'lumotni manager o'zgartira olmaydi» | Menejer Admin yozuvini o'zgartirmoqchi | Adminga murojaat qiling |
| Bemor ro'yxatda ko'rinmayapti | Ro'yxat faqat oxirgi 20 tani ko'rsatadi | Ism, MRN yoki email bo'yicha qidiring |
| Qabul saqlanmayapti | Klinika shu vaqtda yopiq yoki shifokor band | Boshqa soat tanlang; ish vaqtini Sozlamalarda tekshiring |
| Ishxonada «Saqlash» o'tmayapti | To'rt bo'limdan biri to'lmagan | Xizmat, xodim, kamida bitta material va to'g'ri vaqt kiritilganini tekshiring |
| «Qoralama hisob-fakturaga to'lov qo'shib bo'lmaydi» | Faktura hali tasdiqlanmagan | Admin Moliya sahifasida «Tasdiqlash» ni bosadi |
| «To'lov summasi qolgan qarzdan katta» | Kiritilgan summa qoldiqdan ko'p | Xabardagi qolgan qarzdan oshirmang |
| Moliyada faktura ko'rinmayapti | Sana filtri «Bu oy» da turibdi | Filtrni «Hammasi» ga o'tkazing |
| Tish kartasidagi o'zgarish yo'qolgan | «Tish holatlarini saqlash» bosilmagan | Holatlarni qayta belgilab, saqlang |
| «Bu xizmat ishlatilgan, o'chirib bo'lmaydi» | Xizmat tashriflarda qatnashgan | Xizmatni «Yashirish» bilan nofaol qiling |
| Profilda «Xabarlar» yorlig'i yo'q | Yorliq tarifga bog'liq | Maxsus yoki VIP tarifga o'ting |
| «Klinika xizmati to'xtatilgan» | Obuna to'lovi kechikkan | Admin Profil → To'lovlar orqali to'lovni yuboradi |
| Tizim o'zi chiqarib yubordi | Sessiya tugagan yoki parol o'zgartirilgan | Qayta kiring |
| «Juda ko'p so'rov yuborildi» | Qisqa vaqtda ko'p amal bajarildi | Bir daqiqa kutib, davom eting |
| «Server javob bermadi» yoki «Serverga ulanib bo'lmadi» | Aloqa uzilgan yoki server band | Internetni tekshiring, sahifani yangilang |
Javob topilmasa, menyudagi Yordam oynasidan Musbat Dental bilan bog'laning.