Moliya¶
Moliya sahifasida hisob-fakturalar yuritiladi va bemordan to'lov qabul qilinadi.
Kimga kerak¶
Admin va Menejer. Menejer kirgach shu sahifaga tushadi.
| Imkoniyat | Admin | Menejer |
|---|---|---|
| Ro'yxatda ko'radigan fakturalar | Hammasi | Faqat o'zi yaratgani |
| Umumiy, To'lov, Qarz ustunlari va yig'ma ko'rsatkichlar | ha | yo'q |
| Yangi faktura ochish, to'lov qabul qilish | ha | ha |
| Tasdiqlash, tahrirlash, bo'lib to'lash | ha | yo'q |
| Bekor qilish va o'chirish | ha | yo'q |
Ekran tuzilishi¶
Tepada to'rtta ko'rsatkich: umumiy aylanma, to'langan, ochiq qarz, muddati o'tgan. Ostida «Qarz tarkibi» — qarzning 0–30, 31–60 va 60+ kunlik bo'laklari. Keyin sana va holat filtrlari hamda fakturalar jadvali.
| Holat | Ma'nosi | Keyin o'tadi |
|---|---|---|
| Qoralama | Tashrif saqlanganda yoki qo'lda yaratilganda ochiladi; to'lov qabul qilinmaydi | Yuborilgan, Bekor |
| Yuborilgan | Tasdiqlangan; summa bemor qarzi bo'lib turadi | Qisman, To'langan, Muddati o'tgan, Bekor |
| Qisman | Bir qismi to'langan | To'langan, Muddati o'tgan |
| Muddati o'tgan | To'lov muddati o'tib ketgan; to'lov qabul qilinadi | — |
| To'langan | To'liq yopilgan | — |
| Bekor | Bekor qilingan; Admin butunlay o'chira oladi | — |
Qator oxiridagi belgilar: ✓ — Tasdiqlash, karta — To'lov, uch chiziq — Bo'lib to'lash, qalam — Tahrirlash, ✕ — Bekor qilish.
Bosqichma-bosqich¶
To'lov qabul qilish¶
- Fakturani toping: bemor, hisob raqami yoki summa bo'yicha qidiring yoki Qarzlar filtrini yoqing.
- Faktura «Qoralama» bo'lsa, Tasdiqlash ni bosing. Bu amal faqat Adminda bor. Chegirma va to'lov muddati tasdiqlashdan oldin kiritiladi.
- To'lov ni bosing.
- Summa ni kiriting yoki To'liq tugmasini bosing, To'lov usuli ni tanlang: Naqd pul, Plastik karta, Bank o'tkazmasi, Sug'urta yoki Boshqa.
- Pastdagi To'lov — summa tugmasi bilan tasdiqlang.
To'liq bo'lmagan to'lovdan keyin faktura «Qisman» holatiga o'tadi. Har bir to'lov shu oynadagi «To'lovlar tarixi» da turadi.
Qo'lda faktura ochish¶
- Yangi faktura ni bosing va bemorni tanlang.
- Kamida bitta xizmat qatoriga nom, narx va sonini yozing.
- Yaratish ni bosing. Faktura «Qoralama» bo'lib ochiladi.
Cheklovlar¶
- Ro'yxat oldindan «Bu oy» sanasi bilan ochiladi; eskiroq faktura ko'rinmasa, sana filtrini «Hammasi» ga o'tkazing.
- To'lov summasi qolgan qarzdan katta bo'lolmaydi.
- Qoralama va bekor qilingan fakturaga to'lov qabul qilinmaydi.
- Xato kiritilgan to'lovni faqat Admin o'chiradi.
Tez-tez beriladigan savollar¶
«Qoralama hisob-fakturaga to'lov qo'shib bo'lmaydi» chiqdi. Faktura hali tasdiqlanmagan. Admin Tasdiqlash ni bosadi, shundan keyin to'lov qabul qilinadi.